Asosiy qismga oʻtish
dbx Debix
  • Imkoniyatlar
  • Premium
  • Yordam
UZ RU EN
Tez orada

Huquqiy

Debix hisobini oʻchirish

Bu sahifa Debix ilovasidagi hisobingizni qanday oʻchirishni tushuntiradi: ilovaning oʻzida yoki ilova boʻlmasa, email orqali. Nima oʻchishi va nima sheriklaringizda qolishi ham shu yerda.

Ilova
Debix (Android)
Ishlab chiquvchi
Alif Service
Aloqa
support@debix.uz

Oxirgi yangilanish 2026-yil 10-noyabr

Bu hujjat rus va ingliz tillarida ham bor: Русский · English

Mundarija
  1. Ilovada oʻchirish
  2. Nima oʻchadi
  3. Nima qoladi
  4. Premium obunasi
  5. Qayta kirsangiz
  6. Ilovasiz oʻchirish
Ilova bor Ilovada oʻchirish Sozlamalar → profilingiz → Hisobni oʻchirish Ilova yoʻq Email orqali soʻrash support@debix.uz, 30 kun ichida

Ilovada oʻchirish

Eng tez yoʻl. Telefonda internet boʻlishi kerak — oʻchirish serverda bajariladi.

  1. 1

    Sozlamalarni oching

    Pastki menyuda «Sozlamalar»ni tanlang va eng tepadagi profil kartangizni bosing — unda ismingiz yozilgan.

    Sozlamalar

    AK Aziz Karimov
    Boshqa sozlamalar
    Mavzu
  2. 2

    «Hisobni oʻchirish»ni bosing

    Hisob sahifasini oxirigacha suring. Oxirgi kartada, «Chiqish» ostida qizil «Hisobni oʻchirish» qatori bor.

    Aziz Karimov
    Profilni tahrirlashRasm, ism va boshqalar
    Chiqish
    Hisobni oʻchirish
  3. 3

    Ogohlantirishni oʻqing

    Ilova nima oʻchishi va nima sheriklaringizda qolishini koʻrsatadi. «Tushundim: maʼlumotlarim butunlay oʻchadi, sheriklarimdagi umumiy hisob-kitob esa avvalgidek qoladi» belgisini qoʻying va «Davom etish»ni bosing. Belgisiz tugma ishlamaydi.

    Hisobni oʻchirish

    Qarzlaringiz, yozuvlaringiz, rasmlaringiz, kontaktlaringiz, papkalaringiz, admin bilan yozishmalaringiz va profilingiz serverdan butunlay oʻchadi. Ularni tiklab boʻlmaydi.

    Tushundim: maʼlumotlarim butunlay oʻchadi, sheriklarimdagi umumiy hisob-kitob esa avvalgidek qoladi
    Davom etish Bekor qilish
  4. 4

    Tasdiqlang

    Tasdiqlash usuli qanday kirganingizga bogʻliq.

    Google bilan kirsangiz

    Emailingizga 5 xonali kod keladi. U 10 daqiqa amal qiladi; xat kelmasa, 60 soniyadan keyin «Qayta yuborish»ni bosing. Kodni kiriting va «Hisobni oʻchirish»ni bosing. Xat mavzusi — «Debix akkauntini oʻchirish».

    Tasdiqlash kodi

    Kod emailingizga yuborildi

    •••••

    Qayta yuborish (42)

    Hisobni oʻchirish

    Telegram bilan kirsangiz

    Ilova @DebixUz_Bot botini ochadi. Botda «✅ Oʻchirishni tasdiqlash»ni bosing va Debixga qayting — oʻchirish ilovada yakunlanadi. Havola 10 daqiqa amal qiladi. Ilova yopilib qolsa, hisob oʻchmaydi — unda boshidan boshlang.

    D@DebixUz_Bot

    ⚠️ Debix akkauntingiz oʻchiriladi: qarzlaringiz, yozuvlaringiz, rasmlaringiz, kontakt kartalari, papkalar va profilingiz serverdan butunlay oʻchadi…

    ✅ Oʻchirishni tasdiqlash ❌ Bekor qilish

Tayyor boʻlgach ilova «Hisobingiz oʻchirildi» deydi va kirish ekraniga qaytadi. Ilova telefondagi hisob maʼlumotlarini ham tozalaydi: saqlangan qarzlar, yuborilmagan oʻzgarishlar, rasmlar keshi, profil va PIN-kod. Til, mavzu va eslatma sozlamalari qoladi. Vaqtinchalik fayllar (yaratilgan hisobotlar, kamerada olingan suratlar) ilovani telefondan oʻchirganingizda yoki telefon keshni tozalaganda yoʻqoladi.

Nima oʻchadi

Maʼlumotlaringiz asosiy serverimizdan darhol va butunlay oʻchadi — «oʻchirilgan» belgisi bilan yashirib qoʻyilmaydi:

  • Profil — kirish uchun email yoki telefon, aloqa emaili, tasdiqlangan telefon, Telegram ID, profil rasmi va Premium muddati.
  • Qarzlaringiz (avval oʻchirganlaringiz ham) — ismlar, telefonlar, summalar, sanalar, muddatlar, barcha yozuvlar va izohlar.
  • Kontakt kartalari va papkalar — telefon kontaktlaringizdan tanlab saqlagan ism va raqamlar ham. Telefoningizdagi kontaktlar roʻyxati serverga yuklanmaydi, shuning uchun unga tegilmaydi.
  • Siz yuklagan rasmlar — avatar, yozuvlaringiz, kartalar va papkalardagi rasmlar. Ular bazadan ham, diskdan ham oʻchadi va havolasi ishlamay qoladi. Faqat sheriklaringiz koʻradigan rasmlar bundan mustasno (pastda).
  • Takliflar va toʻlov soʻrovlari — siz yuborgan va hisobingizga bogʻlangan.
  • Yordam chati — barcha xabarlar, javoblar va biriktirmalar.
  • Bildirishnomalar, qurilmalar va bloklar — push-bildirishnoma tokenlari, siz bloklaganlar va sizni bloklaganlar roʻyxati.
  • Kirish izlari — tasdiqlash kodlari tarixi (email va SMS), telefonni tasdiqlash urinishlari, Telegram bot sessiyalari, faollik kunlari va Google bilan kirish yozuvi (Firebase Authentication).
  • Google Play xaridlari — xarid tokeni, buyurtma raqami, tarif va holati. Premium tarixidagi shu xaridga bogʻlanish ham uziladi.

Nima qoladi

Sheriklaringizda

Ismingiz va umumiy hisob-kitob sheriklaringizda qoladi. Birgalikdagi qarz va guruh — bir necha kishining umumiy yozuvi. Sheriklaringiz keyin hisob-kitobda adashmasligi uchun ular koʻradigan hamma narsa oʻzgarishsiz qoladi va sheriklaringiz oʻzlari oʻchirmaguncha saqlanadi.

  • Birgalikdagi qarzlar — sherigingizdagi nusxa: u yozgan ism va raqam, summa, sanalar, barcha yozuvlar va izohlar, ikkala tomon qoʻshgan rasmlar. Tarixda chiqib ketganingiz koʻrinadi.
  • Guruhlar — aʼzolar roʻyxatida chiqib ketgan aʼzo sifatida, ismingiz, telefon raqamingiz va emailingiz bilan qolasiz. Xarajatlar, ulushlar, toʻlovlar, izohlar, rasmlar va guruh tarixi ham qoladi. Guruh egasi boʻlsangiz, egalik eng oldin qoʻshilgan aʼzoga oʻtadi.
  • Rasmlar — sheriklaringiz koʻradigan rasmlar avvalgidek ularning ilovasidagi havola orqali ochiladi. Sheriklaringiz telefoniga avval yuklangan nusxalar ularning qurilmasida qolishi mumkin.
  • Bildirishnoma va hisobotlar — sheriklaringiz olgan bildirishnomalar va ular umumiy qarz yoki guruh boʻyicha yaratadigan PDF yoki matn hisobotlarida ismingiz koʻrinadi.

Guruhdagi kutilayotgan toʻlovlaringiz bekor qilinadi, sizga kelgan takliflar rad etiladi, ishlatilmagan taklif kodlaringiz ishlamay qoladi. Sherigingiz hali qabul qilmagan soʻrov va yozuvlar oʻchadi.

Bizda — aloqa maʼlumotlarisiz

  • Hisob yozuvi — faqat raqam (ID), ism va roʻyxatdan oʻtgan sana. Login, email, telefon, Telegram ID va rasm yoʻq: unga kirib ham, u orqali siz bilan bogʻlanib ham boʻlmaydi. Sheriklaringizdagi yozuvlar unga bogʻlangani uchun muddatsiz saqlanadi.
  • Premium tarixi — qachon boshlanib, qachon tugagani va qanday berilgani (toʻlov yoki administrator), umumiy statistika uchun. Muddatsiz saqlanadi. Toʻlov havolasi va Google Play xaridiga bogʻlanish oʻchiriladi.
  • Xodimlar jurnali — qaysi xodim, qachon, qanday amal bajargani (hisobni oʻchirish ham), javobgarlik uchun. Hozircha muddatsiz saqlanadi.
  • Server jurnallari va zaxira nusxalari — texnik jurnallarda hisob raqamingiz (ID), ayrim hollarda emailingiz qolishi mumkin — ular 14 kun saqlanadi. Zaxira nusxalarda oʻchirishdan oldingi holat qolishi mumkin — ular 30 kundan keyin avtomatik oʻchadi.

Boshqa xizmatlarda

  • Google Play — xarid va obuna yozuvlari Googleda qoladi, chunki toʻlovni Google Play qabul qiladi.
  • Google Firebase — ilovadan foydalanish statistikasi (Firebase Analytics) va nosozlik hisobotlari (Crashlytics) hisobingizga bogʻlanmagan, shuning uchun hisob bilan oʻchmaydi: ular Firebasedagi saqlash muddati tugagach oʻchadi. Push-bildirishnomalar (ism, summa bilan) ham Google Firebase Cloud Messaging orqali yetkazilgan.
  • Android zaxira nusxasi — telefoningiz Debix maʼlumotlarini Google hisobingizdagi zaxiraga saqlagan boʻlishi mumkin. Keyingi zaxiralashda u tozalangan holat bilan almashadi; uni telefon sozlamalarida oʻzingiz ham oʻchira olasiz.
  • Telegram — bot bilan yozishmangiz Telegramingizda qoladi; uni Telegramda oʻzingiz oʻchira olasiz.
  • Email va SMS — yuborib boʻlingan xatlar sizda hamda pochta va SMS xizmatlari jurnallarida qoladi.

Premium obunasi

Hozir Premium sotilmaydi, shuning uchun bekor qilinadigan obuna yoʻq. Premium ishga tushgach esa hisob oʻchganda Google Playdagi obuna oʻzi bekor boʻlmaydi — uni Google Playda alohida bekor qiling.

Qayta kirsangiz

Oʻchirishni qaytarib boʻlmaydi. Shu Google yoki Telegram bilan qayta kirsangiz, yangi boʻsh hisob ochiladi: eski maʼlumotlar qaytmaydi, yangi hisob esa avvalgi birgalikdagi qarz va guruhlarga bogʻlanmaydi. Google Playdagi obuna davom etayotgan boʻlsa, yangi hisobda «Xaridni tiklash» bilan unga qayta bogʻlanadi.

Boshqalar telefon raqamingiz yoki emailingizga yuborgan, eski hisobingizga hali bogʻlanmagan takliflar yuboruvchining oʻzida qoladi va yangi hisobga ham keladi — yangi taklif sifatida.

Ilovasiz oʻchirish

Ilovani oʻchirib yuborgan yoki telefonni yoʻqotgan boʻlsangiz, bizga yozing. Ilovani telefondan oʻchirish hisobni oʻchirmaydi.

  1. 1support@debix.uz manziliga xat yozing. Google bilan kirsangiz — oʻsha Google manzilidan.
  2. 2Xatda profildagi ismingiz, kirish usuli (Google yoki Telegram) va hisobga bogʻlangan email yoki telefon raqamini yozing: Google bilan kirsangiz — Google emailingiz, Telegram bilan kirsangiz — Telegramdagi telefon raqamingiz.
  3. 3Hisob sizniki ekanini tekshiramiz, kerak boʻlsa, qoʻshimcha tasdiq soʻraymiz.
  4. 430 kun ichida hisobni oʻchiramiz va shu manzilga javob yozamiz. Oʻchirish ilovadagi bilan bir xil: «Nima oʻchadi» va «Nima qoladi» boʻlimlari bunga ham tegishli.
Xat namunasi
Kimga
support@debix.uz
Mavzu
Debix hisobini oʻchirish

Salom! Debix hisobimni oʻchirishingizni soʻrayman.

  • Profildagi ism:
  • Kirish usuli (Google yoki Telegram):
  • Hisobga bogʻlangan email yoki telefon:
Xat yozish

Saytda oʻchirish formasi yoʻq: soʻrov faqat ilovada yoki email orqali qabul qilinadi.

Ilovani qayta oʻrnata olsangiz, shu Google yoki Telegram bilan kirib, yuqoridagi qadamlar bilan oʻchirish tezroq.


Maʼlumotlaringiz haqida batafsil — Maxfiylik siyosatida.

Tez orada · Android 7.0+

Daftar choʻntagingizda

Debix tez orada Google Playda. Birinchilardan boʻlib xabar topish uchun Xʼdagi sahifamizni kuzatib boring. Bepul, oʻzbek, rus va ingliz tillarida.

Tez oradaGoogle Playda Doʻstingizga ishora qiling (yangi oynada)
dbx Debix

Hisob-kitob doim yoningizda

Mundarija

Qarzlar va umumiy xarajatlar daftari.

Debix

  • Imkoniyatlar
  • Premium
  • Yordam
  • Jamoa

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni oʻchirish

Aloqa

  • support@debix.uz
  • X · @debix_uz (yangi oynada)
dbx

Debix © 2026 · Alif Service ishlab chiqqan

Debix Premium Yordam